03 iyu 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA

"Jon Jons faoliyatini yakunladi. Men endi to'laqonli chempionman" - Tom Aspinall
Og'ir vaznda UFC Interim chempioni Tom Aspinall amaldagi chempion Jon Jons bilan ehtimoliy jangi haqida gapirdi.
"Jons istefoga chiqdi. Nima haqida gapiryapsiz? Jon hayotining eng yaxshi damlarini o'tkazyapti. U fantastik karera sohibi bo'ldi. Biz Jonsning dindor odam ekanligini bilamiz, shuning uchun men Xudo uni va uning hayoti, faoliyati davomida qiladigan ishlarini barakali qilsin, demoqchiman. Biz davom etamiz. Men endi og'ir vazn toifasida to'laqonli chempionman. Men bu bo'linishni qayta tiklashni istagan har bir jangchi bilan bellashishga tayyorman. Bu yigitlar juda uzoq kutishdi. Hatto muxlislar ham bundan zerikdi", deya Aspinallning so'zlaridan iqtibos keltiradi Red Corner nashri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar