29 mar 15:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons g'azabda: Qani mantiq?
Yarimog'ir vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Jon Jons unga bo'layotgan munosabatdan norozi.
«Men jiddiy tayyorgarlik ko'rib, og'ir vaznga tayyorgarlikni davom ettirmoqdaman. Lekin kutilmaganda men Ngannudan qo'rqayotganimni aytishmoqda. Barchasi yolg'on. Konor katta gonorar talab qilsa, bu oddiy holat. Men pul so'rasam, jangdan qochayotgan bo'lar ekanman... Qani mantiq? Men faqatgina mehnatimga yarasha gonorar olishni istayman», - dedi Jons.
Avvalroq, UFC rahbari Dana Uayt Ngannuning navbatdagi raqibini malum qildi. U Jon Jons emas, balki Derrik Lyuis ekanligi malum bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar