30 okt 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons: Kim eng buyukligi haqidagi bahslarni tajribali muxlislarga qo'yib beraylik
UFCning sobiq chempioni Jon Jons yana bir marotaba Xabib emas, aynan o'zi Pound-for-Pound reytingida etakchi bo'lishi lozimligi haqida gapirdi.
U Instagramdagi sahifasiga yarimog'ir vazn toifasidagi to'rt sportchining ro'yxatini joylashtirdi: Maurisio Rua, Kuinton Jekson, Liotu Machida va Rashad Evans.
"11 ta seriya qilishimdan oldingi to'rtta himoya jangim ro'yxati. Men buni nufuzli musobaqa sifatida qayd etaman. Ishonchim komil, ular SHon-sharaf zalida bo'lishni ham istashmaydi. Agar yangi tasodifiy muxlislar Konor Makgregorgacha P4P reytingida kim eng zo'ri bo'lganini bilishmagan bo'lsa, ajoyib.
Ammo keling, barcha davrlarning eng buyuk jangchilari haqidagi bahs-munozaralarni tajribaliroq muxlislarga qoldiramiz", - deya izoh qoldirdi Jon Jons.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar