26 mar 14:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons Ngannuning murojaatiga munosabat bildirdi
38 yoshli sobiq chempion Jon Jons Frensis Ngannuning uni UFC bilan mojarosida qo'llab-quvvatlaganiga javob qaytardi.
Avvalroq, Ngannu "UFC shunday afsonaga hurmat ko'rsatmadimi, boshqalarga bo'lgan munosabatni tasavvur qilavering" mazmunida fikr bildirgandi.
"Qo'llab-quvvatlaganing uchun rahmat, Frensis", — deb yozdi Jons ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UFC Jon Jonsga Oq uydagi turnirga 15 million dollar to'lashdan voz kechgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar