10 fev 07:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons nihoyat MMA’dagi faoliyatini haqiqatdan ham tugatishini aytdi
UFC sobiq chempioni, amerikalik Jon Jons aralash yakkakurashlardagi faoliyati katta ehtimol bilan yakuniga etganini malum qildi.
"O'ylaymanki, sportdan ketishim mumkin. Doim yutqazib-yutqazib yuradigan, hatto ismini ham eslay olmaydigan jangchilardan biri bo'lishni istamayman. Holbuki, hali ham dunyodagi eng kuchli jangchilar bilan bellashish uchun etarlicha yosh va sog'lomman.
Bir necha yil avval men bir jangchi bilan tanishganman, u o'zining tug'ilgan kuni qachonligini bilmasdi. Bu juda qayg'uli. Men bunday holatdan uzoqman va bu qanday ko'rinishini hatto tasavvur ham qilishni istamayman", — deya Jonsning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar