31 jan 18:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons Pereyra bilan jang bo'lmasligiga ishora qildi
UFC sobiq chempioni Jon Jons yarim og'ir vaznda amaldagi chempion Aleks Pereyra bilan jang amalga oshmasligiga ishora qildi.
"Aslida nima bo'lishini bilmayman. Bazi narsalar nazoratimdan chiqib ketmoqda. Men yana jang qilamanmi yoki yo'q — baribir o'zimni baxtli his qilaman. Hozir hammasi joyida", — dedi Jons Low Kick MMA nashriga.
Avvalroq, Jon Jons Aleks Pereyra bilan Oq uyda o'tkaziladigan turnirda jang qilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgandi.
Havola :
Manba : Low Kick MMA
Fikrlar