03 fev 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons UFC chempionligidan mahrum qilinishi mumkin
UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, og'ir vazn chempioni Jon Jons kamarni himoya qilish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmasa va iyulgacha vaqtinchalik chempion Tom Aspinall bilan jang qilmasa, unvonidan mahrum etiladi.
— Agar Jon Jons, aytaylik, iyulgacha birlashtiruv jangini o'tkazmasa, uni chempionlik kamaridan mahrum qilib, boshqa jang tashkil etish haqida o'ylab ko'rganmisiz?
"Biz 100 foiz shunday qilamiz. Agar bu jangni tashkil qila olmasak, yo'limizda davom etamiz va boshqa jang tayyorlaymiz. Bu hozirda biz tashkil qilishimiz mumkin bo'lgan eng katta qarama-qarshilikdir. Jon Jons hech kimdan qo'rqmaydi, u har kim bilan jang qilishga tayyor. Lekin bu amalga oshmasa, biz yo'limizda davom etishga tayyormiz", dedi Uayt.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar