09 noy 11:40
Yangiliklar

Jon Jons UFC reytingiga qaytarildi. U birinchi o'rinda qayd etildi
Endi u o'rtaog'ir vazn toifasida birinchi o'rinni egallab turibdi. Vazn toifasidan qatiy nazar tuzilgan reytingda esa UFC sportchilari ichida uchinchi o'rinda turibdi.
O'rtaog'ir vazn toifasidagi sportchilar reytingi (kuchli beshlik):
CHempion: Daniel Korme
1. Jon Jons
2. Aleksandr Gustafsson
3. Entoni Smit
4. Yan Blaxovich
5. Ilir Latifi
Vazn toifasidan qatiy nazar kuchli sportchilar reytingi (kuchli beshlik):
1. Daniel Korme
2. Xabib Nurmagomedov
3. Jon Jons
4. TiDjey Dillashou
5. Maks Xollouey
Eslatib o'tamiz, Jon Jons 2017 yilning iyulidan buyon MMA janglarini o'tkazmagan. So'nggi jangida u Daniel Kormeni mag'lubiyatga uchratgandi. Ammo, keyinchalik Jonsda doping bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgani sabab, o'sha bahs o'tkazilmagan deb topilgan.
Fikrlar