23 dek 11:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons yana nechta jangni rejalashtirayotganini aytdi
UFC chempioni Jon Jons ligada yana nechta jangda ishtirok etmoqchi ekanligini aytdi.
"Yaqin besh yil ichida men yana bitta yoki ikkita jangda g'alaba qozonib, imkon qadar ko'proq pul ishlab olmoqchiman. SHundan so'ng aktyorlik faolyatimni boshlayman. Doimo aktyor bo'lishni istaganman. Kamerada yomon ko'rinaman deb o'ylamayman. Menda kichik reklamada suratga tushish orqali tajriba to'plangan.
Har safar tasvirga olish maydonchasida menga: "Og'ayni, sen sportchi ekanliginga ishonish qiyin. O'zingni professional aktyorlardek tutyapsan" deyishadi.
Mana shu besh yillik rejam. 10 yildan so'ng esa shunchaki eng yaxshi ota bo'lishni xohlayman", - dedi Jons.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar