03 dek 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jonsning UFC'dagi keyingi jangi uchun ikkita variant aytildi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni, hozirda tahlilchi sifatida faoliyat yuritayotgan CHeyl Sonnenning fikricha, amaldagi UFC chempioni Jon Jons boshqa bir chemp - Aleks Pereyra bilan jang qilmaydi.
"UFC har doim o'z so'zida turadi — Jonning ikkita yo'li bor: Tom bilan jang qilish yoki umuman jang qilmaslik. Boshqa variantlar yo'q. Aslida, uchinchi variant bo'lishi mumkin bo'lgan yigit bor edi. Bu Aleks Pereyra.
Dana buni butunlay rad etdi. Jon shunchaki jang qilmasligi ham mumkin — bu rost. U tanlov qilishi kerak — yo nafaqaga chiqish yoki Tom Aspinall bilan jang", dedi Sonnen.
Havola :
Manba : BJ Penn
Fikrlar