22 apr 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA

"Jons va Aspinall jangining sanasi kelishib bo'lingan" - UFC sobiq jangchisi
UFC sobiq jangchisi, hozirda mutaxassis va tahlilchi sifatida faoliyat yuritayotgan CHeyl Sonnen bu haqida aytib o'tdi.
Uning so'zlariga ko'ra, promoushen rahbariyati amerikalik Jon Jons va britaniyalik Tom Aspinall o'rtasidagi og'ir vazn (120 kg gacha) chempionlik jangi bo'yicha muzokaralarni yakunlagan.
"Men etarlicha ishonch bilan shuni ayta olamanki, jang tashkil etiladi. U hatto aniq sanasigacha kelishib olingan. Jon Jons bu jangdan qochmadi. Men uni qochishini xohlagan bo'lardim — shunda mamnuniyat bilan uni "dafn etish" mumkin bo'lardi. Ammo u Tom Aspinnalldan qochmadi", — dedi Sonnen ESPN efirida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar