So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

02 jan 17:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Jonson Volkanovski – Lopes revansh jangi haqida: "Bu sport emas"

UFC afsonasi Demetrius Jonson yarim engil vaznda Aleksandr Volkanovski va Diego Lopes o'rtasidagi chempionlik revansh jangini uyushtirgani uchun ligani tanqid qildi.

"Senda allaqachon kamar uchun jang qilish imkoniyati bor edi. Sen yutqazding. Raundlar bo'yicha hisob 4-1 edi va menimcha, hamma bu fikrga qo'shiladi. Aleks Volkanovski o'sha jangda ustunlik bilan g'alaba qozondi. Keyin Diego Lopes chiqib, Jin Silvani mag'lub etdi. U erda uni larzaga keltirishdi - jang qarama-qarshi yo'nalishlarda ketayotgan edi va bu urush edi. Bitta jang va u yana chempionlik imkoniyatiga ega bo'ldi. U juda mashhur bo'lgani uchunmi? CHiptalarni yaxshi sotgani uchunmi? Bilmadim. Biz bularning barchasini mashhurlik uchun qilyapmizmi yoki kimdir chindan ham yaxshiroq bo'lgani uchunmi?

Aynan shu erda biz "sport" deb ataydigan narsaning qonuniyligi haqida savollar tug'iladi. SHuning uchun men har doim bu sport emasligini aytaman. Bu tanlov masalasi: kimni targ'ib qilish va kimni targ'ib qilmaslik. "Men bu sportchini targ'ib qilaman, chunki uning men kirmoqchi bo'lgan bozori bor, biz hali mustahkam o'rnashib olmagan bozor, qolgan narsalar bizni unchalik qiziqtirmaydi". Bu normal holat. SHunchaki buni tan oling - aynan shunday bo'layotganini menga ham bildiring", - dedi amerikalik o'z podkastining navbatdagi sonida.

31 yanvar kuni bo'lib o'tadigan Aleks Volkanovski va Diego Lopes o'rtasidagi chempionlik jangi Sidneydagi UFC 325 turnirining asosiy to'qnashuvi bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing