29 mar 08:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Jorj Sen-Per faoliyatini yakunlash sababini aytdi
Afsonaviy UFC jangchisi Jorj Sen-Per ichaklaridagi muammo sabab faoliyatini yakunlashga majbur bo'lganini aytdi.
"Nafaqaga ketganimning sababi shundaki, menda ileokolit kasalligi kuchaya boshladi. Bu ichaklarning yallig'lanishi. Bispingga qarshi jang oldidan menda vazn yig'ish borasida muammolar bo'ldi. O'zimni majburlab eyishimga to'g'ri keldi.
Menda kasallik aniqlanganidan so'ng undan qutilishim uchun, vaqti-vaqti bilan och qolishimga to'g'ri keldi va bu menga yordam berdi. Endi men boshqa dori ichishim shart emas. Ammo o'shanda mendan juda ko'p qon chiqardi. Buni saraton deb o'ylagandim", - dedi Sen-Per.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar