16 iyu 07:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Jorj Sen-Per UFC'dan qancha pul topganini aytdi
Ikki vazn toifasida UFC chempioni Jorj Sen-Per faoliyati davomida qanday gonorarlar olgani haqida gapirib o'tdi.
"2008 yil UFC chempioni bo'lganimdan so'ng, men o'zimga katta ishonch bilan, UFCga yangi shartnoma imzolashni xohlamayotganimni bildirdim. SHundan so'ng, Jon Fitch bilan jangimga bir kun qolganda, UFC menga aqlbovar qilmas shartnoma taklif qildi. Ular meni erkin agent bo'lib qolmasligimni xohlashgandi.
Sizlar meni bir jang uchun 400 ming dollar olgan deb o'ylaysizmi? Yo'q. Men undan ancha ko'p pul olar edim. Faoliyatimni cho'qqisiga chiqganimda men million dollardan ortiq gonorar olar edim", - dedi Jorj Sen-Per.
Eslatib o'tamiz, Jorj Sen-Per 2019 yilda o'z faoliyatini tugatganini elon qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar