04 iyu 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Jorj Sen-Per: Xabib bilan jangim qanday bo'lishini hech qachon bila olmaymiz
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Per boshqa bir sobiq chempion Xabib Nurmagomedov bilan jangi qanday bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Afsuski, buni hech qachon bila olmaymiz. Agar Xabib bilan o'n marta jang qilganimda, bu to'qnashuvlar o'n xil natija bilan tugagan bo'lardi. UFC`ning ushbu jangni tashkil qilishida vaqt masalasi muammo bo'ldi. Bundan afsusdaman.
Boshqa tarafdan, buning yaxshi tarafi ham bor. Axir biz ikkimiz ham o'z faoliyatimizdan ulkan meros qoldirib, oktagonni mag'lubiyatsiz tark etdik", - dedi Jorj Sen-Per.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar