02 dek 09:50
Yangiliklar
Jorj Sen-Perr Islam Maxachev haqida: "Hammasini o'z ko'zim bilan ko'rdim"
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni kanadalik Jorj ikkinchi vazn toifasida chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Islam Maxachevning chiqishidan juda tasirlanibdi.
"O'ylaymanki, Islam Maxachev hozirgi vaqtda vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchi hisoblanadi, - dedi Sen-Perr. - Men uning oxirgi jangida bo'ldim, hammasini o'z ko'zim bilan ko'rdim. Bu juda ajoyib edi. Aql bovar qilmaydi. Menimcha, u birorta ham zarba o'tkazib yubormadi. Hatto ishonish ham qiyin. Ko'pchilik "fu, g'alaba hakam qarori bilan" deydi. Bu odamlar jang sanatida hech narsani tushunishmaydi. Uning chiqishi shunchaki hayratlanarli edi. Ha, nokaut yoki ajoyib usul bilan g'alaba qozonmadi, lekin u yangi vazn toifasiga ko'tarilib, Jek Della Maddalenani so'zsiz mag'lub etib, juda qiyin vazifani hal qildi".
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev Della Maddalenani besh raund to'liq davom etgan chempionlik jangida hakamlarning yakdil qarori bilan (50:45, 50:45, 50:45) mag'lubiyatga uchratgandi.

Fikrlar