19 fev 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua AQSHda jang qilishi mumkin
Superog'ir vazn toifasida WBA Super, IBF, IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirnning xabar berishicha, bokschi katta ehtimol bilan 2018 yilning avgust oyida AQSHdagi debyut jangini o'tkazishi mumkin.
Taniqli RingPolska jurnalining xabar berishicha, o'sha to'qnashuvda Joshuaning raqibi katta extimol bilan amerikalik Jarrell Miller bo'ladi. SHu yilning aprel oyida Miller Nyu-Yorkdagi "Barclays Center" arenasida franciyalik Joan Dyuopaga qarshi ringga ko'tarilishi kerak.
SHuningdek, Xirn yaqin orada Joshua-Uaylder jangi bo'lib o'tishi mumkinligini ham inkor etmadi. Bu jang promouterning xisob-kitoblariga ko'ra 2018 yilning dekabr oylarida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, shu yilning 31 mart kuni Joshua Kardiffda Yangi zenlandiyalik WBO chempioni Jozef Parker bilan kamarlarni birlashtiruvchi jangda ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : RingPolska
Fikrlar