21 fev 10:59
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/29027_220.jpg)
Joshua boks bilan shug'ullanishni boshlagan ilk zaliga avtobus sovg'a qildi
Britaniyalik bokschi WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua xayrli ishga qo'l urdi.
U o'zi boks bilan shug'ullanishni boshlagan ilk sport zaliga avtobus sovg'a qildi. Daily Mail nashrining xabar berishicha, Finchley ABC deb nomlangan o'sha mashg'ulot zali bugungi kunda moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan.
Bundan xabar topgan Joshua zalga jamoaviy mikroavtobus sovg'a qilishga qaror qildi. Avvalroq, Entoni ilk murabbiyi SHon Merfiga BMW 640d M Sport Coupe sport karini sovg'a qilgandi.
Havola :
Fikrlar