04 avg 13:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshua - Fyuri jangi Buyuk Britaniyada emas, boshqa joyda o'tkazilishi mumkin
Britaniyalik bokschilar Entoni Joshua va Tayson Fyuri o'rtasidagi ehtimoliy jang Buyuk Britaniyada emas, AQSHning Nyu-York shahrida o'tkazilishi mumkin.
Bu haqda BoxingScene nashri xabar berdi.
Manba malumotiga ko'ra, jangni Londondagi "Uembli" stadionida tashkil etish bo'yicha bir necha oy davomida muzokaralar olib borilgan. Saudiya Arabistoni Bosh ko'ngilochar tadbirlar boshqarmasi rahbari Turki Al ash-SHayx jangni Saudiya tomoshabinlari uchun qulay vaqtda translyaciya qilish maqsadida uni tungi vaqtda o'tkazishga ruxsat berish uchun stadion rahbariyatini ko'ndirishga uringan.
Biroq nashr malumotiga ko'ra, bu muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan va jang uchun asosiy variant sifatida Nyu-York ko'rib chiqilmoqda.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar