22 apr 07:03
Yangiliklar

Joshua Fyuri-Uayt jangida ishtirok etishi mumkin, faqat bokschi sifatida emas
Superog'ir vaznda WBC kamari sohibi Tayson Fyuri Dillian Uayt bilan jangiga Entoni Joshua va promouter Eddi Xirnni taklif etganini malum qildi.
Fyurining so'zlariga ko'ra, Joshua agar istasa, uning burchagida yordam berishi mumkin.
"Ular taklif qilindi. Ular mening mehmonim bo'lishlari mumkin. Bir qancha chiptam bor. Eddi Xirnga bitta, Entoni Joshuaga esa ikkita chipta yuboraman, chunki u hozir semirgan. O'z yonimdan to'lab, Joshuaga ikkita chipta olib beraman. Ular mening shaxsiy mehmonlarim bo'lishi mumkin.
Joshua agar xohlasa, menga burchagimda yordam berishi mumkin. Uning Uaytni yoqtirmasligini bilaman, shunday ekan agar xohlasa, u bu ishni qilishi mumkin", - deya Fyurining so'zlarini keltiradi Boxing 247.
Fikrlar