28 avg 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua: Fyurini oltinchi raundda ag'daraman!
Superog'ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO, IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua WBC chempioni Tayson Fyurini mag'lub etishga ishonmoqda.
“Uni o'zini va oilasini juda qattiq hurmat qilaman, lekin uni jangda yanchib tashlamoqchiman. Taxmin? Oltita raund va u ringga ag'dariladi. Taysonga qarshi jangda bosimni engib o'tishimga va uni nokaut qilishimga ishonaman.
Esingizda bo'lsa, Fyuri va Deontey o'rtasidagi birinchi jang durang bilan yakunlagandi. Ikkinchi jangda esa Tayson jang taktikasini o'zgartirdi va g'alaba qozondi. Lekin har qanday holatda ham men Deonteydan tezkorman”,-dedi Joshua.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar