So’nggi yangiliklar

18:56Диёра Келдиёрова Словенияда машғулотларга киришди + ФОТО 0 18:28ОФК хулосаси: Ўзбекистон ЖЧда қандай ўйнади? 0 18:01Тарихий ютуқ: Жаҳон чемпионатида икки нафар ўзбекистонлик чавандоз иштирок этади 0 17:24Лайма Владсон Лейпцигдаги турнирнинг асосий тўрига йўл олди 0 16:50UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоев ва Богдан Гусковнинг ўринларида ўзгариш рўй берди 0 16:19Винисиус “Арсенал” билан боғлиқ миш-мишлар фонида “Реал” қароргоҳига етиб келди 0 15:53Тошкент IBSA World Games 2027 комплекс мусобақасига мезбонлик қилади 0 15:22Рамазон Темиров қатнашиши кутилаётган турнирнинг асосий баҳси Забит иштирокида кечади + ПОСТЕР 0 14:57"Худди уни кимдир назорат қилаётгандек". Махачев Иан Гаррини танқид қилди 0 14:31100 миллион камми? “Ливерпуль” Франция терма жамоаси аъзоси учун курашмоқда 0 14:06Ислам Махачев бокс қоидалари бўйича жанг ўтказиш таклифига жавоб қайтарди 0 13:24Жошуа — Фьюри жанги Буюк Британияда эмас, бошқа жойда ўтказилиши мумкин 0 12:45"Кимдир ёлғон хабар тарқатибди" - Ислам Махачев 0 12:00"Декабргача ҳали вақт бор". Неймар фаолиятини якунлаши ҳақида фикр билдирди 0 11:29Рой Жонснинг шогирди Бектемир Мелиқўзиевни яна жангга чорлади 0

20 dek 16:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Joshua - Pol jangiga sport olamining munosabati: "Qanday ajoyib scenariy"

Jahon sportining 20 nafar yulduzi bugun Mayamida bo'lib o'tgan bloger-bokschi Jeyk Pol hamda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua o'rtasidagi jang haqida fikr qoldirdi.

Bugungi 16-17 daqiqalik tomosha xalqaro sport hamjamiyatni unchalik hayratda qoldirmadi. Ularning aksariyati tashkilotchilar tomonidan taklif qilingan va amerikalikning oltinchi raunddagi nokautli mag'lubiyati bilan yakunlangan "scenariy"dan zavqlanmadi.

Ben Rotvell: "WWE boks qo'lqoplarida. Safsata"

Mayk Konstantino: "SHarmandali soxtalashtirish"

Mayk Perri: "Joshuaga qarshi ringga chiqibsan, demak Jeyk yo jasur, yoki ahmoq"

Arnold Allen: "Buni ko'rganim uchun o'zimdan nafratlandim"

Kodi Garbrandt: "Tank (Jervonta Devis nazarda tutilgan) uni tezroq nokautga uchratgan bo'lardi"

Nolan King: "Muxlislar bu de******ni ko'rish uchun pul to'lashmadi - referi Kristofer Yang ikkala jangchini ham ogohlantirdi"

Diana Belbita: "Jeyk Pol boks jangida UFC`dagi butun faoliyatim davomida men qilganimdan ko'ra ko'proq ikki oyoqli yurishlarni amalga oshirdi"

Josh Emmett: "Boks jangida bunchalik ko'p oyoqqa tashlanishlarni ko'rmaganman"

Mett Brayn: "Oxir-oqibat hamma narsa haqiqatga aylanganini ko'rish ajoyib edi. Ha-ha!

Josh Tomson: "Ular bankka ketayotganda hammaning ustidan kulishdi"

Jeyson "Meyxem" Miller: "Respekt, Jeyk Pol"

Anatomy of a Fighter: "Ey Jeyning faoliyatidagi eng oson chek"

Kevin Ayol: "Jang o'rniga qanday bemanilik paydo bo'ldi! Entoni Joshua uyalishi kerak. Va Netflix ham bunday dahshatli kartani o'ynagani uchun uyalishi lozim. Bu haqiqatan ham yomon edi"

Caposa: "Hamma narsani hisobga olganda, bu Pol uchun shafqatli yakun edi. U juda yomon ko'rinardi"

Eymann Zahabi: "Yuz foiz feyk! Odamlar bu jangga umuman pul tikishganiga ishonmayman. Go'yo ular Jeyk qaysi raundda yiqilishi haqida kelishib olgandek. Joshua kabi unvonlarga ega bokschi qanday qilib avvalroq ringni to'sa olmaganini tushunmayapman. Bu jangdagi yagona foydali narsa - Entoni Joshua katta chek oladi"

Klaressa SHilds: "Jeyk Pol, sen haqiqatan ham aqldan ozgansan - Entoni Joshua bilan olti raundga bardosh berding! Ammo Ey Jey boks hazil emasligini ko'rsatdi. Yaxshi ish!"

Lu DiBella: "Darvoqe, hozirda chinakamiga uyalishi kerak bo'lgan yagona odam - bu Entoni Joshua. Uning merosi shunday bo'lib qoladi. Pol - ajoyib biznesmen. Ey Jey esa boksga tupuradi - unga umuman farqi yo'q"

SHakil O`Nil: "Ha, Entoni Joshua. Qanday ajoyib scenariy"

Brendan SHaub: "Joshua - Pol jangi... g'alati chiqdi. "G'alati" deganda Joshua ringni to'sib qo'ymagani va rostakamiga qattiq zarbalar bermaganini nazarda tutyapman. O'ngdan bitta ham to'g'ri zarba yo'q"

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing