22 avg 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Povetkin - Uayt jangi uchun o'z taxminini aytdi
Superog'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshua Dillian Uayt va Aleksandr Povetkin o'rtasidagi jang uchun o'z taxminini bildirdi.
"Barchasi tayyorgarlikka bog'liq. Agar Uayt to'g'ri shug'ullangan bo'lsa, eplay oladi. Dillian - jangchi. Lekin Povetkin juda tajribali bokschi. U Olimpiya o'yinlari chempioni, jahon chempioni.
Aleksandr butun boshli faoliyati davomida faqatgina Vladimir Klichko va menga yutqazgan. Povetkin haliyam g'alabaga chanqoq. U ringga "g'alaba shart" degan fikr bilan chiqadi. Mening taxminim? Jang g'olibi ochkolar evaziga ko'ra aniqlanadi", - dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Uayt - Povetkin jangi uchugun Britaniyada o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar