06 may 17:05
Yangiliklar

Joshua revansh jangda Usikni nokaut qilmoqchi
"Usik bilan birinchi jangimiz 12 raund davom etdi. Bu mening rejam edi va raqobatlasha olaman deb o'ylagandim. Usik ikki raund ko'proq ustunlikka ega bo'ldi va shu tariqa chempionga aylandi. Endi maqsadim ildizga qaytish va nokaut evaziga g'alaba qozonish. Boks bilan shug'ullanganimda, raqiblarning ruhi so'nib borayotganini his qilaman. Insonlarning ko'ziga tik qarash va fikrlarini o'qib zarba ketidan zarba berishingiz mumkin", - deydi Joshua.
Joshua va Usik o'rtasidagi jang 25 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Usik va Joshua o'rtasidagi birinchi jang The Ring nashriga ko'ra 2021 yilning asosiy jangi deb tan olingandi. 12 raund davom etgan jangda: 116-112, 117-114, 115-113 hisobi bilan ukrainalik bokschi g'alaba qozongan va WVA Super, WVO, IBF va IBO kamarlarini qo'lga kiritgandi.
Fikrlar