08 dek 14:43
Yangiliklar
Joshua Van tanqidlarga javob berdi: "Men g'alaba qozondim!"
Braziliyalik endilikda sobiq chempion 26-soniyadayoq qo'lidan jarohat olib, chempionlik jangini davom ettira olmadi. Buning natijasida UFC eng engil divizionlik kamari deyarli jangsiz myanmalik Joshuaga nasib qilgandi. Yangi chempion boshqalarning fikri uni umuman tashvishlantirmasligini aytmoqda.
"Uzoqroqqa ketishsin. Yaxshilik qilasan - ular esa har xil bo'lmag'ur gaplarni gapirishadi. Yomon ish qilsang, ular ham har xil safsata sotishadi. SHunday ekan, seni baxtli qiladigan ishni qil. Ular nima deb o'ylashining ahamiyati yo'q - men g'alaba qozondim", - dedi 24 yoshli Van UFC 323 turniridan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida.
SHu bilan birga, Joshua Van sobiq chempion jarohatini davolashi bilanoq unga revansh berishga tayyor.
"U sog'ayib ketgach, revansh olmoqchiman, chunki uni juda hurmat qilaman. U barcha davrlarning eng buyuklaridan biri, shuning uchun men chindan ham unga revansh beraman", - deya vada berdi Van.

Fikrlar