05 apr 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshuaning ehtimoliy raqibi nomi malum qilindi
Superog'ir vaznda to'rtta vazn toifasida jahon chempioni hisoblangan Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirnning aytishicha, AQSHlik Jarella Miller Entonining navbatdagi raqibi bo'lishi mumkin.
"Joshua asosiy etiborini Uaylderga qaratgan. Ammo, biz nima uchundir ular bu jangni istayotganiga ishona olmayapmiz. SHuning uchun, biz boshqa variantlarni ham ko'rib chiqishga majburmiz. Agar Joshua Uaylderga qarshi jang qilmaydigan bo'lsa, Millerda Entoni bilan uchrashish uchun imkoniyatlar bo'ladi. Ammo, buning uchun u Dyuopani mag'lub etishi kerak bo'ladi", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar