09 jan 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshuaning Nigeriyadagi fojiali avtohalokatdan keyingi kelajagi haqida malumot berildi
Promouter Eddi Xirn o'tgan yilning dekabr oyi oxirida Nigeriyada avtohalokatga uchragan va ikkita murabbiyini yo'qotgan taniqli mijozi Entoni Joshuaning kelajagi haqida gapirdi.
"Ochig'ini aytsam, bu bosqichda biz albatta izoh berishni kechiktiramiz. SHunchaki Entoniga hurmat tufayli.
Hozirgi paytda Entoniga vaqt kerak. Vaqt va shaxsiy hayot. Biz uning faoliyati, biron bir harakati yoki keyin nima bo'lishi haqida hech qanday suhbat o'tkazmaymiz. Bu dahshatli fojea. Entoniga jismoniy, hissiy jihatdan faqat vaqt kerak. Bunday paytda biz muhokama qila oladigan yoki ayta oladigan hech narsa yo'q. Keling, unga vaqt beraylik", deydi Xirn.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar