16 dek 14:43
Yangiliklar
Joshuaning sobiq murabbiyi britaniyalik bilan ishlashning qiyin tomonlarini oshkor qildi
"Bu men, Derrik Jeyms va Virjil Xanter boshqalardan ustun ekanligini anglatmaydi. Muammo shundaki, Joshua o'zining komfort zonasidan chiqib, hammasini nazoratda ushlashga harakat qilishi va murabbiyning aytganini bajarishi kerak.
Hatto unga noqulay joyda mashq qilish kerak bo'lsa ham. Uning yangi murabbiyi kim bo'lishi va kim bilan ringga chiqishi muhim emas. U ikki yoki uch nafar oddiy bokschilar bilan jang qiladi va ularning fonida har qanday murabbiyning ishi yaxshi ko'rinadi", - deya Garsiyaning so'zlarini keltiradi Daily Mail.
Entoni Joshua so'nggi jangida ukrainalik jahon chempioni Aleksandr Usikka mag'lub bo'lgan edi. SHundan so'ng britaniyalik bokschi murabbiy Robert Garsiya bilan ishlashni to'xtatgandi.
Fikrlar