09 jan 12:01
Yangiliklar

Joshuaning vakillari Usikka qarshi jang Ukrainada bo'lishini istashmayapti
Uchta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn Usikka qarshi jangni Ukrainada o'tkazish yaxshi fikr emasligini aytdi. Promouterning fikricha, bu holatda ikki tomon ham moliyaviy tarafdan yutqazadi.
"Aprel oyi ushbu jang uchun eng haqiqatga yaqin vaqt. Bu shunday katta jangki, uni huddi oldingi safar kabi kuchli tashkilotchilik bilan o'tkazmoqchimiz. "Tottenxem" stadionidagi tashkilotchilik jihatidan omadli jangdan so'ng, men revanshni "Uembli"da o'tkazmoqchi edim. Kiev kerakli pulni to'plash uchun mos joy emas. Biz istalgan joyda jangni o'tkazishimiz mumkin. Ammo, shu bilan birga, bu joy moliyaviy jihatdan kerakli mablag'ni to'plashi kerak", -dedi Eddi Xirn.
Fikrlar