10 dek 17:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Joze Aldo navbatdagi jangini davogarlik uchun o'tkazadi. Raqib esa ancha jiddiy
Sobiq UFC chempionlari Joze Aldo va Ti Jey Dillashouga qarshi jang qilishi mumkin. Bu haqida UFC rahbari Dana Uayt malum qildi.
"Ha bu jang haqiqatdan ham bizga juda ham qiziq. Ikkinchi raqamli jangchi uchinchi raqamliga qarshi. Aldo - Dillashou jangi orqali bizning navbatdagi davogarni bilib olamiz",-dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, Joze Aldo so'nggi jangida Rob Fontni mag'lub etgan. Dillashou esa ikki yillik tanaffusdan so'nga oktagonga qaytib, Sendxageni mag'lub etishni uddalagandi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar