10 noy 13:10
Yangiliklar
Futbol
Joze Mourino: "Roma"da faqat bir futbolchi bu mag'lubiyatga loyiq emasdi"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Evropa ligasi doirasida "Slaviya"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bizga bugun ko'p narsa etishmadi. Ko'p gapirishni istamayman. Natija adolatdan bo'ldi. O'yinimizda menga yoqqan nimadir ko'rinmadi. Men jurnalistlar bilan gaplashguncha, kiyinish xonasida futbolchilar bilan muloqot qilib ulgurdim. Hech qachon bunday qilmasdim. Gap-so'zlar oramizda qoladi. "Slaviya"dagi yigitlarga nisbatan adolatli bo'lish kerak - ular g'alabaga to'liq loyiq edilar.
Bizda hisobni 1:1 ko'rinishiga keltirish imkoniyati bo'lgandi, ammo umumiy holatda bu juda yomon o'yin edi. Menga yoqqan yana bir jihat bor - Edoardo Bovening o'yini. U 20 yoshda, ammo g'alaba uchun birgina uning o'zi kamlik qiladi. Bovedan tashqari barchamiz mag'lubiyatga loyiq edik", - dedi Mourino.
Havola :
Fikrlar