26 iyu 13:55
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/1860_220.jpg)
Jozef Parker 1 oktyabr kuni Dmitrenkoga qarshi jang o'tkazadi
Yangi zelandiyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Jozef Parker o'zining navbatdagi jangini 1 oktyabr kuni o'tkazadi.
Parker o'tgan hafta avstraliyalik Solomon Xaumononi to'rtinchi raundda nokaut evaziga mag'lub etgandi. Bu galgi jang ham Yangi Zelandiyada tashkil etiladi.
Jozef germaniyalik taniqli bokschi Aleksandr Dmitrenkoga qarshi ringga ko'tariladi. Avvalroq, Parker kamerunlik Karlos Takamni mag'lubiyatga uchratib, IBF chempioni Entoni Joshuaga qarshi jang o'tkazish huquqini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Fikrlar