22 iyu 07:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/1637_220.jpg)
Jozef Parker Xaumononi muddatidan avval mag'lub etdi
Yangi zelandiyalik professional bokschi Jozef Parker o'z vatanida o'tkazilgan boks oqshomida navbatdagi g'alabasini tantana qildi.
Superog'ir vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan Parker avstraliyalik Solomon Xaumonoga qarshi ringga ko'tarildi. Jang to'rtinchi raundda Jozefning muddatidan avval qozonilgan g'alabasi bilan yakunlandi.
Eslatib o'tamiz, Parker bundan avvalgi jangida kamerunlik Karlos Takamani mag'lubiyatga uchratib, IBF yo'nalishi chempioni britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi jang o'tkazish huquqini qo'lga kiritgandi. Ushbu chempionlik jangi yaqin yarim yil ichida o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar