23 fev 03:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Jozef Parker zaxira nomzodi sifatida jangga chiqqan Martin Bakoleni nokautga uchratdi
Ar-Riyoddagi (Saudiya Arabistoni) boks oqshomining ikkinchi asosiy jangi nihoyasiga etdi.
Unda og'ir vazn toifasida faoliyat yurituvchi bokschilar — Yangi Zelandiya vakili Jozef Parker hamda kongolik Martin Bakole uchrashdi.
12 raundlik jang ikkinchi raunddayoq muddatidan oldin yakunlandi. Parker raqibini nokaut orqali taslim etdi.
Jozef bu g'alaba orqali super og'ir vazn toifasidagi WBO Interim kamarini qo'lga kiritib, Usikka davogar bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar