11 may 08:33
Yangiliklar

Kadetlar o'rtasidagi JCH. Bugun yana 4 nafar sportchimiz medal uchun bahs olib boradi
Kun davomida yigitlar 33 kg, 49 kg, qizlar esa 33 va 55 kg vazn toifalarida bahs olib borishadi, shu jumladan, terma jamoamiz azolari ham.
Juftliklar quyidagicha:
Yigitlar:
33 kg vaznda 1/32 final bosqichi: Yahyoxon Burxonov - Batir Edilov (Qirg'iziston);
49 kg vaznda 1/16 final bosqichi: Farruh Burxonov - Matea Lukich (Serbiya).
Qizlar:
33 kg vaznda 1/16 final bosqichi: Robiya Mirabzalova - Dinara SHeripova (Neytral maqomdagi sportchi)/Galindo Moreno (Ispaniya) bahsi g'olibiga qarshi;
55 kg vaznda 1/32 final bosqichi: Zilolaxon Musaeva - Karolina SHreyner (Daniya).
Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 10:00 da boshlanadi. Kecha musobaqaning ilk kuni doirasida vakilimiz Sultonbek Nabiev oltin medalga ega chiqqandi.
Fikrlar