25 fev 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/29268_220.jpg)
Kalum Smit Superseriyaning finaliga chiqdi
Butunjahon boks superseriyasining ikkinchi o'rta vazn toifasida ikkinchi finalchining nomi malum bo'ldi.
Britaniyalik Kallum Smit gollandiyalik Nikki Xolckenga qarshi yarim final jangida ringga ko'tarildi. Aslida Smit Yurgen Bremer bilan jang o'tkazishi kerak edi. Lekin Bremerning betob bo'lib qolishi sababli uning o'rnini Xolcken egalladi.
Smit va Xolcken o'rtasidagi jang 12 raund to'liq davom etdi va g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar 118-110, 117-111, 117-111 hisobida g'alabani Smitga taqdim etishdi. Endi u finalda hamyurti Jorj Grouvzga qarshi ringga chiqadi. Final 2 may kuni Londonda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar