03 may 08:47
Yangiliklar
Kamaru Usman: "Avval CHimaev, keyin Edvards"
"Rostini aytsam, tashkil etish uchun mumkin bo'lgan qiziqarli janglar unchalik ko'p emas, CHimaev esa eng qiziqarli raqib. Biz pullik translyaciyalar sarlavhalari bo'lishimiz mumkin. Stiven Tompson esa men jang qilmagan yagona yigit. Bu ham qiziqarli jang bo'lishi mumkin.
Menimcha, Leon Edvards chempionlik kamarini o'zida ushlab tura oladi. Hali ham bu qarama-qarshilik tugamaganini his qilyapman. Uni faqat chempion bo'lgani uchun hurmat qilaman. Menga boshidan oxirigacha mendan yaxshiroq ekanligingni ko'rsatishing kerak. O'ylaymanki, CHimaev bilan jang qilishim kerak, keyin esa Leon g'alaba qozonishda davom etsa, biz to'rtinchi jangni o'tkazamiz", - deya Usmonning so'zlarini keltiradi ESPN.
Fikrlar