12 iyu 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman: "Baklini mag'lub etaman, keyin Maxachev – Della Maddalena g'olibini kutaman"
Sobiq UFC chempioni Kamaru Usman o'z oldiga yana chempionlik maqsadini qo'ygan.
"Baklini finish qilaman, keyin esa Islam Maxachev va Jek Della Maddalena jangining g'olibini kutaman.
Islam yuqori vazn toifasiga ko'tarilgani juda yaxshi. Sobiq pound-for-pound etakchisi va hozirgi etakchi o'rtasidagi jangga kim chipta olmaydi deysiz? Bu mening ketishimdan avvalgi yana bir katta jang bo'ladi", – dedi Usman.
Eslatib o'tamiz, Usman va Bakli o'rtasidagi jang 14 iyun tongida UFC Fight Night turniri doirasida tashkil etiladi.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar