13 may 13:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamaru Usman CHimaevni yutqazmagan deb hisoblashini aytdi
UFC sobiq chempioni Kamaru Usman Xamzat CHimaevning SHon Striklendga qarshi jangdagi mag'lubiyatiga qo'shilmasligini bildirdi.
Ular o'rtasidagi jang SHonning ochkolar evaziga g'alabasi bilan yakunlangan edi.
"Bir jangchi doim oldinga yurib, jeblar urib, ularni apperkotlar bilan aralashtirib, teykdaunlarni o'tkazib yuborsa va buni deyarli besh raund davomida qilsa, qanday qilib u mag'lub bo'lishi mumkinligini tushunmayman. Raqibi esa doim chekinar va jeblar tashlardi. CHimaev qanday qilib yutqazganini tushunmayman.
Men g'alabani kichik ustunlik bilan Xamzat CHimaevga bergan bo'lardim. Menimcha, 48-47 Xamzat foydasiga. Lekin tushunmayman… Qanday qilib Striklendga beshinchi raundni berishdi?" — dedi Usman MMA Pros Pick’ning X sahifasida.
Havola :
Manba : MMA Pros Pick
Fikrlar