31 jan 14:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamaru Usman Israel Adesanyaga qarshi jang qilishi mumkin
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman o'rta vazn chempioni Israel Adesanyaga qarshi jang qilishi mumkin.
Bu haqida Kamaruning menejeri Ali Abdelaziz malum qildi.
“Kamaru birinchi navbatda Leon Edvardsni mag'lub etishini istayman, keyin esa o'rta vazn chempioni Israel Adesanyaga qarshi jang qilsin. Ular bir birini hurmat qiladi, biroq eng yaqin do'stlar deb atamagan bo'lardim. Agar ularning har ikkisiga ham kerakli mablag'ni berishsa, ular ko'chada bo'lsada jang qilishadi»,-dedi Ali.
Eslatib o'tamiz, Kamaru bir necha bor o'zining intervyularida Israel Adesanyaga qarshi jang qilmasligini malum qilgan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar