12 mar 08:45
Yangiliklar

Kamaru Usman Kolbi Kovingtonga uchinchi jang uchun o'z shartini aytdi
"Hozirda bu kurash mantiqiy emas. CHunki u yana bir nechta g'alaba qozonishi kerak. U Gilbert Bernsga, Vicente Luke va Xamzat CHimaevga qarshi jang o'tkazmagan. Mayli u bir nechta jang g'alaba qozonisin"- dedi Usman ESPN telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Kolbi Kovington yarim o'rta vazn toifasida UFC reytingida Xorxe Masvidalni xakamlar qarori bilan mag'lub etib, birinchi pog'onani himoya qilgan edi.
Avvalroq amerikalik jangchi nigeriyalikdan chempionlik unvonini tortib olish uchun ikki marta muvaffaqiyaciz jangni o'tkazgan. 2019 yil dekabr oyida texnik nokaut bilan Usmanga yutqazgan. O'tgan yilning noyabrida esa besh raund natijasiga ko'ra xakamlar qaror bilan yutqazgandi.
Fikrlar