10 sen 12:44
Yangiliklar
Maxachev – Nurmagomedovning UFC`ga o'tishi haqida: "Usmon Top-10 raqib bilan jang qiladi"
"Yuz foiz kafolat bera olmayman, lekin to'qson foiz ishonchim komilki – ha! Usman allaqachon o'sib ulg'aydi, hatto o'z darajasidan ham oshib ketdi, PFL`dagi revansh janglarini tomosha qilish esa ko'pchilikka qiziq emas. Hozirgi vaqtda eng to'g'ri yo'l – UFC`ga o'tish va diviziondagi shuncha xavfli yigitlar orasida dunyodagi eng yaxshisi ekanligini isbotlashdir.
O'ylaymanki, Usman kuchli o'nlikdan raqib oladi va agar o'zini juda yaxshi ko'rsatsa, keyingi jangida chempionlik uchun kurashishi mumkin. Hozirgi vaqtda bu vazn toifasida davogarlik jangi belgilangan – Carukyan va Ruffi to'qnashuvi. Ulardan kim g'olib chiqsa, kamar uchun jang qiladi, Usman esa debyutida ishonchli g'alaba qozonsa, navbatdagi davogarga aylanishi mumkin", – dedi UFC chempioni "Match TV"ga bergan intervyusida.
Joriy yilning iyun oyida engil vazn toifasida PFL chempioni bo'lgan mag'lubiyatsiz Usman Nurmagomedov tashkilot bilan amaldagi shartnomasi doirasidagi so'nggi jangini o'tkazib, amerikalik Archi Kolganni nokautga uchratdi va erkin agentga aylandi.

Fikrlar