15 mar 17:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamaru Usman Konor Makgregor bilan jang qilishga tayyorligini aytdi
UFC sobiq chempioni Kamaru Usman tashkilot yulduzi Konor Makgregorga qarshi jang qilishga tayyor ekanini bildirdi.
"Usman — Makgregor. 2026 yilda", — deb yozdi Usman X ijtimoiy tarmog'ida.
Usman so'nggi jangini iyun oyida UFC on ESPN 69 turnirida o'tkazib, amerikalik Xoakin Baklini mag'lub etgandi.
Makgregor esa so'nggi bor 2021 yil iyul oyida UFC 264 turnirida jang qilib, amerikalik Dastin Porega texnik nokaut (oyoq jarohati) bilan mag'lub bo'lgan.
Havola :
Fikrlar