23 fev 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman: Kovington juda katta xatoga yo'l qo'ydi
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman sobiq raqibi Kolbi Kovingtoning Leon Edvardsga qarshi jangga rozi bo'lmagani haqida fikr bildirdi.
"Meninmcha, u faoliyatidagi eng katta xatoga yo'l qo'ydi. Kim gonorardan voz kechadi? Unga pul kerak bo'lmasligi mumkin. Ammo Edvardsga qarshi jang orqali Kolbi yana bir bor o'zini ko'rsatib qo'yish imkoniyatiga ega edi, u esa bundan foydalanmadi",-dedi Kamaru.
Eslatib o'tamiz, Leon Edvards aslida 1 mart kuni Xamzat CHimaevga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi, biroq jang bekor bo'lganidan so'ng Kolbiga Leonga qarshi bahs olib borish taklif qilindi, biroq amerikalik bunga rozi bo'lmadi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar