02 noy 14:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamaru Usman: "Leon va men yarimo'rta vaznda kim eng zo'ri ekanligini bilamiz"
Yarimo'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kamaru Usman britaniyalik Leon Edvardsga qarshi trilogiya haqida gapirdi.
Avvalroq, Usman jang kelasi yilning mart oyida Buyuk Britaniyada bo'lib o'tishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
"Angliyaga borib, u erda jang qilishni istardim. Bu mamlakatda muxlislarim ko'p. Angliyada ko'plab afrikalik va yamaykalik muxlislarim juda ko'p. SHuning uchun men buni mantiqan to'g'ri deb o'ylayman. Katta ehtimol bilan bizni ko'p muxlislar qo'llab-quvvatlashadi. Leon va men yarimo'rta vazn toifasida kim kuchli ekanini bilamiz", - deya Usmanning so'zlarini keltiradi TMZ.
Jangchilar o'rtasidagi ilk to'qnashuv 2015 yil dekabr oyida UFC on Fox 17 turnirida Usmanning foydasiga hal bo'lgan. Revansh jangida esa Leon muddatidan oldin g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar