24 fev 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA

"Kamaru Usman - Xorxe Masvidal revansh jangi o'tkazilishga yaqin"
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman Xorxe Masvidalga qarshi revansh jangini o'tkazadi.
Bu haqida taniqli insayder va jurnalist Ariel Xelvani xabar berdi.
"Bu jang hali "o'lgani" yo'q. Rostini aytsam, agar bu jang tashkil qilinmasa, men shokka tushaman. Ular jang shartnomasini imzolashga juda ham yaqinlar", - deydi Xelvani.
Eslatib o'tamiz, Usman Masvidalni UFC 251 turnirida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar