18 mar 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Kambososning jangiga bir hafta qolganida raqibi o'zgardi + POSTER
Engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jorj Kambosos (21-3, 10 KO)ga jangiga bir hafta qolganida yangi raqib berildi.
Avstraliyalik 31 yoshli bokschi 22 mart kuni Sidney shahrida indoneziyalik Daud Iordan (43-4, 31 KO)ga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Ammo Iordan sog'lig'i bilan bog'liq sabablarga ko'ra bo'lajak jangda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.
Jorjning yangi raqibi avstraliyalik Jeyk Villi (16-1, 15 KO) bo'ladi. Demak, ikki Yashil qita vakili o'z vatandoshlari ko'z o'ngida bugungi kunda kim kuchli degan savolga javob topishadi.
Havola :
Manba : Matchroom Boxing
Fikrlar