29 dek 21:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamil Karatening Toshkentdagi jangi bir raund ham davom etmadi
Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan MMA bo'yicha Octagon 68 turnirining asosiy kardi start oldi.
Karddan o'rin olgan ilk jang engil vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Rustam "Gangster" Mirzarahimov va Tojikiston vakili Qamariddin Hasanov (Kamil Karate) o'rtasida kechdi.
Uch raundlik bellashuv ilk raundning to'rtinchi daqiqasi davom etayotgan pallada yakunlandi. Jangda Kamil Karate sabmishen evaziga muddatidan oldin g'alaba qozondi.
SHunday qilib, Kamil faoliyatidagi to'qqizinchi jangida ettinchi g'alabasini nishonladi. Rustam Gangster esa debyut jangida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar