29 noy 13:22
Yangiliklar
Kamol Murodovni tabriklaymiz!
Kamol Murodov - 1974 yil 29 noyabr kuni dzyudochilar "vatani" hisoblangan Buxoro viloyatining Olot tumanida dunyoga kelgan. Kurash va dzyudo bilan professional tarzda shug'ullanib, aytishga arzigulik yutuqlarga erishgan.
Bugungi kun qahramoni dzyudo bo'yicha O'zbekiston chempioni (1994, 1995, 1997-2001), Osiyo o'yinlarining bronza medali sovrindori (1998, Bangkok), Osiyo chempionati kumush medali sohibi (2000, Osaka, Yaponiya), Gran-pri musobaqalari g'olibi (1998, Myunxen; 1999 Nyu-York; 2000, Tunis).
Murodov kurash bo'yicha O'zbekistonning mutlaq chempioni (1997) hisoblanadi. U 1998 yili poytaxtimizda O'zbekiston Prezidenti sovrini uchun o'tkazilgan xalqaro musobaqada vazni 90 kg bo'lishiga qaramay, ukrainalik 205 kilogramlik Valentin Roslyakovni mag'lub etib, bosh sovrin sohibiga aylangan. 1999 yilda kurash bo'yicha birinchi jahon chempioni bo'lgan. (https://olamsport.com/upload/storage/144267_original.jpg)
O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, murabbiylar, dzyudochilar nomidan Kamol Murodovni bugungi shukrona kuni bilan muborakbod etamiz. U kishiga sog'liq-salomatlik, uzoq yillar farzandlari kamolini ko'rib yurishlarini tilaymiz.
Fikrlar