05 may 14:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamshibek Konkabaev shu hafta prof boksda jang qiladi
Qozog'istonlik bokschi Kamshibek Konkabaev (5-0, 4 KO) 9 may kuni CHernogoriyaning Nikshich shahrida navbatdagi jangini o'tkazadi.
BoxRec malumotlariga ko'ra, uning raqibi venesuelalik 48 yoshli Yonni Molina (15-15-1, 9 KO) bo'ladi. Superog'ir vazndagi jang olti raundga mo'ljallangan.
Avvalroq Konkabaev 24 may kuni Angliyaning Bolton shahridagi boks oqshomida ishtirok etishni rejalashtirgan edi, ammo rejalar o'zgardi.
U oxirgi marta 2022 yil mart oyida Almatidagi prof boks oqshomida ringga chiqqan va o'shanda o'zbekistonlik Farrux Jo'raevni texnik nokaut bilan mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar